Alfa Invest O‘zbekistondagi yetakchi xususiy sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, 2003-yilda tashkil etilgan. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta sohasidagi o‘z faoliyatini qonunda nazarda tutilgan barcha klasslar bo‘yicha amalga oshiradi, shuningdek, kiruvchi qayta sug‘urtalash bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘z zimmasiga olish huquqiga ega.
Kompaniyaga hayotni sug‘urtalash sho‘ba korxonasi — "Alfa Life Insurance" AJ kiradi.
Kompaniya faoliyatining barqarorligi, to‘lov qobiliyati darajasi va ishonchliligi milliy va xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlangan.
Moody's xalqaro reyting agentligining prognoziga ko‘ra, Alfa Invest "B2" darajasida "Barqaror" prognoziga ega, Ahbor-Reyting esa Alfa Invest kompaniyasiga "uzA++" reytingini berdi.