2025-yil 22-sentabrda Alfa Invest Uzbekistan Airwaysning rasmiy hamkoriga aylandi. Hamkorlik doirasida tomonlar milliy aviakompaniya yo‘lovchilari uchun yangi sug‘urta mahsuloti – “Bagajni sug‘urta qilishi”ni ishga tushirdilar.
Yangi xizmat sayohatchilarga parvoz vaqtida bagajning yo‘qolishi, kechikishi yoki shikastlanishi holatlarida moliyaviy himoyani ta’minlaydi.
Yangi mahsulot xalqaro xavfsizlik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, parvozlar vaqtida qulaylik va ishonch izlayotgan yo‘lovchilarning ishonchlarini oqlaydi. Uzbekistan Airways bilan mazkur hamkorlik Alfa Investning turizm sug‘urtasi bozoridagi mavqeyini yanada mustahkamlaydi va mijozlarga aviachipta sotib olish paytida yoki avvalroq rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan qulay va zamonaviy xizmatdan foydalanish imkoniyatini beradi.
Qo‘shma dasturning ishga tushirilishi yo‘lovchilar uchun sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, ikkala kompaniyaning ham xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va mavjud xizmatlar doirasini kengaytirishga sodiqligini tasdiqlaydi.
Sug‘urta nima
Sug‘urta - bu kelishilgan hodisalardan biri (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi zararni qoplab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan shartnoma. Bu sizning moliyaviy manfaatlaringiz – hayotingiz, sog‘lig‘ingiz, mol-mulkingiz yoki boshqalar oldidagi javobgarligingizning himoyasidir.
Sug‘urta qilishingizga qarab, sug‘urta kasallikdan yong‘ingacha, yo‘l-transport hodisalaridan boshqalar oldidagi javobgarlikkacha bo‘lgan turli xil xavflarni qamrab olishi mumkin.
Asosiy sug‘urta toifalari
Shaxsiy sug‘urta
Insonni – uning hayotini, sog‘lig‘ini va mehnat qilish qobiliyatini himoya qiladi. Bunga quyidagilar kiradi:
Hayotni sug‘urtalash;
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;
Tibbiy sug‘urta (kasallik, jarohat, kasalxonada davolanishda yordam);
Ushbu polislar sizni va yaqinlaringizni kutilmagan hodisalarning moliyaviy oqibatlaridan himoya qilishga yordam beradi.
Mol-mulkni sug‘urta qilish
Mol-mulkni – xonadon, uylarni, avtomobil va boshqa buyumlarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Misollar:
Turarjoyni sug‘urta qilish – yong‘in, suv toshqini, tabiiy ofatlardan va shikastlanishlardan;
Avtomobil sug‘urtasi;
Biznesni sug‘urtalash yoki tijorat mulkini sug‘urta qilish;
Transport vositalari, yuk va uskuna-jihozlarni sug‘urta qilish.
Agar mol-mulk shikastlangan yoki yo‘q qilingan bo‘lsa, sug‘urta qimmatbaho narsalarni tiklash yoki zararlarni qoplashga yordam beradi.
Javobgarlik sug‘urtasi
Mazkur turdagi sug‘urta siz begonalarning manfaatlariga – sog‘lig‘iga, mulkiga yoki biznesiga zarar yetkazishingiz mumkin bo‘lgan holatlarni qamrab oladi. Masalan, agar siz tasodifan boshqa birovning mulkiga zarar yetkazsangiz, baxtsiz hodisa sodir qilsangiz yoki shartnoma bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sifatiga javobgarlik majburiyatini olsangiz, sug‘urta yetkazilgan zararni qoplab beradi.
Maxsus va kombinatsiyalangan sug‘urta turlari
Standart toifalardan tashqari, biznes va jismoniy shaxslar orasida talab yuqori bo‘lgan boshqa sug‘urta turlari ham mavjud.
Bularga quyidagilar:
kreditlar va javobgarlikni sug‘urtalash;
biznes uchun birlashtirilgan "paketli" yechimlar: mol-mulk + javobgarlik + muayyan (o‘ziga xos) xavflar;
kompaniya faoliyati, transport, yuk va shunga monand narsalar bilan bog‘liq xaatarlarni sug‘urta qilish.
Bunday polislar biznes yoki yirik aktivlarning kompleks himoyasi uchun qulay.
To‘g‘ri polisni qanday tanlash kerak
Nimani himoya qilmoqchisiz, aniqlab oling: hayot, sog‘liq, mol-mulk yoki javobgarlikni.
Potensial xavflarni baholang: siz tabiiy ofatlar zonasida yashaysizmi, tez-tez mashina haydaysizmi, biznes yuritasizmi, uyingizni ijaraga berasizmi va hokazo.
Sizning ehtiyojlaringizga eng mos keladigan sug‘urta dasturini tanlang - standart polis har doim ham barchasini qamrab ololmaydi.
Shartnomada barcha shartlar ko‘rsatilganligiga ishonch hosil qiling: sug‘urta hodisasi nima, qanday istisnolar va qamrov miqdori kiritilgan.
Sug‘urta nima uchun muhim
Sug‘urta moliyaviy xavfsizlik tarmog‘ini ta’minlaydi. U kasallik, baxtsiz hodisalar, mol-mulkni yo‘qotish yoki uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yirik xarajatlardan himoya qiladi.
Texnik muammolardan tortib tabiiy ofatlar keitirib chiqaruvchi xavf-xatarlar o‘sib borayotgan zamonaviy dunyoda sug‘urta endi qo‘shimcha chora emas, balki oqilona zaruriyatga aylanib bormoqda.
Alfa Invest kompaniyasi poytaxtdagi sakkizta universitetda bir qator karyera kunlarini o‘tkazdi.
Tadbir davomida talabalar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi haqiqiy karyera imkoniyatlarini o‘rganish, mutaxassislarga qo‘yiladigan mavjud talablar haqida ma’lumot olish va kompaniya vakillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ishtirokchilar taqdimotlar, ochiq muloqotlar, stajirovka va bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha mini-konsultatsiyalar hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalardan bahramand bo‘lishdi.
Karyera kunlari Alfa Investning yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirishi uchun sharoit yaratish tashabbusining bir qismi bo‘ldi.